29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Superliga 30-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Sho‘rtan” uchrashuvi tarixiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur bahsni ilk bor O‘zbekiston Superligasi darajasida ayol mutaxassis — Nasibabonu Toshmuhammedova boshqarib boradi. Unga qanotlarda tajribali yordamchi hakamlar — Kristina Sereda va Zilola Rahmatova yordam beradi. Bu uchrashuv O‘zbekiston hakamlik maktabida yangi bosqichni boshlab beradi.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “Al Ain International Cup” musobaqasida ishtirok etmoqda. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoamiz bugun navbatdagi mashgʻulotni oʻtkazdi. Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 18-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da Eron terma jamoasiga qarshi “Al Ain International Cup” musobaqasining final bahsida maydonga tushadi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Sharja shahrida mashg‘ulot o‘tkazdi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 29-oktyabr kuni Burkina-Fasoga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da “Al-Hamriya” stadionida start oladi. Eslatib o‘tamiz, 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtadi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 1-noyabr kuni Doha shahriga
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining mashg‘ulot o‘tkazdi Ma’lumot uchun, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz 29-oktyabr kuni 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati ishtirokchisi — Burkina-Fasoga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da “Al-Hamriya” stadionida start oladi.