Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyida yurtimiz maydonlarida 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasida Osiyo kubogi musobaqasining final oʻyinlari oʻtkaziladi. Osiyo futbol konfederatsiyasi ushbu turnirni yoritmoqchi boʻlgan OAV vakillari uchun akkreditatsiyani ochiq deb eʼlon qildi. Barcha turdagi OAV vakillari 10-fevralga qadar OFKning quyidagi media platformasi orqali akkreditatsiyadan oʻtishlari mumkin:
Kun tartibidan OʻFAning 2022-yilgi faoliyati, amalga oshirgan ishlari va moliyaviy hisoboti, keyingi yilgi rejalar hamda yana qator masalalar oʻrin olgan.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasi tomonidan “Professional futbol maktablari ligasi” Oʻzbekiston chempionati Futbol mahorat maktablari (futbol akademiyalari) musobaqasining 2006-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Navoiy viloyatida boʻlib oʻtgan ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs va munozaralarga sabab boʻlgan vaziyatlar boʻyicha kelib tushgan murojaat va eʼtirozlar koʻrib chiqildi. “Professional futbol maktablari ligasi” Oʻzbekiston chempionati Futbol mahorat maktablari musobaqasining 2006-yilda tugʻilgan
Xabaringiz bor, 20-27-sentyabr kunlari Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Koreya Respublikasida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazadi. Ushbu yigʻin davomida vakillarimiz 2022-yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari — Kamerun va Kosta-Rika milliy terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ushbu yig’in oldidan, 19-sentyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman OʻFA majlislar zalida
Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab boʻlgan “Lokomotiv” PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze va boshqalarning totalizator hamda kelishilgan oʻyinlarda ishtirok etganligi holati yuzasidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tegishli tartibda tekshiruv oʻtkazilib, Etika qoʻmitasida koʻrib chiqildi. Aniqlanishicha, “Lokomotiv” PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze, futbolchi Yevgeniy Kochnev, Gruziya fuqarolari G.K. va Ch.M. ismli shaxslar oʻzaro til biriktirib, firibgarlik