Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

CAFA milliy terma jamoalar ishtirokidagi birinchi xalqaro turnir va unga qur’a tashlash mexanizmi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi Unga koʻra, qur’a tashlash marosimi 26-aprel kuni oʻtkaziladi. Musobaqada jami 7ta terma jamoa ishtirok etadi (Ummon terma jamoasi mehmon jamoa sifatida taklif etilgan). Jamoalar FIFA reytingi asosida 4ta savatchaga ajratildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin oldi. 📌 

Batafsil

2023-yilning 9-yanvar kunidan FIFA futbol agentlari faoliyati boʻyicha yangi Reglamentning amalga kiritilishi munosabati bilan aʼzo assotsiatsiyalarda agentlik litsenziyasini olish uchun imtihonlar oʻtkazilishi belgilab oʻtildi.  Endilikda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurisdiksiyasi doirasida mahalliy talabgorlar FIFA agenti boʻlish uchun litsenziya imtihonlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Joriy yilning 9-yanvaridan boshlab futbol agenti boʻlishga talabgorlar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga FIFA Agent Platformasi (Agent Platform https://agents.fifa.com/home) ga oʻz arizalari (application) ni toʻldirib yuborishlari mumkin. Eslatma: Futbol agenti sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya imtihonlari maʼlum bir muddatlarda amalga oshiriladi. Demak, 2023-yilda quyidagi sanalarda arizalar qabuli boʻlib oʻtadi: 2023-yil 19-aprelda boʻlib oʻtadigan birinchi futbol agenti imtihoni uchun 2023-yil 15-martgacha; 2023-yil 20-sentyabrda boʻlib oʻtadigan ikkinchi futbol agenti imtihoni uchun 2023-yil 1-maydan to 2023-yil 31-iyulgacha davom etadi. 

Batafsil

Bugun 1-fevral kuni Bahraynda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 33-Kongressi bo’lib o’tdi. Kongressda vakolat muddati 2023-yildan 2027-yilgacha boʻlgan Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya Qoʻmitasining yangi tarkibi eʼlon qilindi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya Qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili sifatida saylandi.