Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi U22 O’zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda. Jamoa vakillari yig’in doirasida dastlabki nazorat bahsini “Andijon” klubiga qarshi o’tkazdi. Shohrux Abdurahmonov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda yoshlarimizga 1-0 hisobidagi g’alabani taqdim etdi. Kecha U22 terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida navbatdagi bahsga tayyorgarlik mashg’ulotlarini olib bordi. Bugun esa ular Superliganing yana bir
O’zbekiston U22 terma jamoasi 10-16 noyabr kunlari Toshkentda shahridagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur yig’inga 25 nafar futbolchini jalb etgan. Yig’in doirasida “Bunyodkor” va “AGMK” klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan.