Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining navbatdagi oʻyinida Bangladesh termasini qabul qildi. Qizgʻin oʻtgan bahsda vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz 6 ta toʻp kiritdilar. Oʻzbekiston 6-0 Bangladesh Gollar: Ulugʻbek Hoshimov 12′, 17′, Eldorbek Begimov 17′, Asliddin Toshtemirov 27′, Abbosbek Fayzullayev 64′, Alisher Odilov 87′.
O’zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogining saralash bahslarida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi. Oʻzbekiston 2:2 Saudiya Arabistoni Gollar: Hamid Abdullah 40′, Otabek Joʻraqoʻziyev 45′, Abdulmuhsin Alqahtani 46′, Jasurbek Jaloliddinov (p) 79′.
Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktyabridan 2-noyabriga qadar yurtimizda U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlar boʻlib oʻtadi. Bugun “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida saralash bahslari oldidan jamoalar murabbiyi va futbolchilar ishtirokida rasmiy matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoa a’zosi Jasurbek Jaloliddinov ham ishtirok etdi. Timur
Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz JAR sport majmuasida mashgʻulot olib bordi. Eslatib oʻtamiz, U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlar yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Avval xabar berganimizdek, yurtimiz maydonlarida U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlar boʻlib oʻtadi. Ertaga dastlabki tur bahslari oldidan “Paxtakor” stadionida jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Matbuot anjumanida barcha turdagi OAV vakillari ishtirok etishlari mumkin. Tadbir OFKning COVID-19 pandemiya sharoitida oʻyinlar tashkil etish protokoliga muvofiq karantin talablarga rioya qilingan holda