Free ebooks Library zlibrary project

Timur Kapadze boshchilgidagi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Marokashdagi yigʻin doirasida dastlabki oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “Fath Union Sport” stadionida oʻtkazilgan bahsda vakillarimiz togolik tengdoshlari darvozasiga 5ta toʻp kiritdilar. Uchrashuvda Muhammadqodir Hamraliyev, Odilbek Abdumajidov va Sardor Mahmudov terma jamoadagi debyut golini kiritdilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 5:3 Togo 🇹🇬 Gollar: Chakey Moucheri 8ʼ, Muhammadqodir Hamraliyev 27ʼ, Otabek Joʻraqoʻziyev 39ʼ, Odilbek Abdumajidov 71ʼ, Alisher Odilov 76ʼ, Sardor Mahmudov 79ʼ, Auro Vetchire 83ʼ, Laba Kevin 90ʼ.

Birlashgan Arab Amirliklarida yigʻin oʻtkazayotgan Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining navbatdagi raqibi maʼlum. 18-yanvar kuni Timur Kapadze shogirdlari Latviya Oliy ligasining amaldagi vitse-chempioni, UEFA Konferensiyalar ligasi ishtirokchisi boʻlgan “Riga” klubiga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin “Jebel-Ali” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi. 18-yanvar “Riga” – Oʻzbekiston U-23

— BAA yigʻini haqida — Birlashgan Arab Amirliklaridagi yigʻinni boshlaganimizga bir necha kun boʻldi. Shu vaqt mobaynida oʻz oldimizga qoʻyilgan reja boʻyicha mashgʻulotlarni olib boryapmiz. Bu yigʻinda, asosan, jismoniy holatimizni tiklash, texnik-taktik tomondan yanada kuchayish va yangi futbolchilarning imkoniyatlarini koʻrib olishga urgʻu qaratganmiz. — BAA U-23 terma jamoasiga qarshi oʻyin — Bugungi uchrashuv yaxshi oʻtdi. 

Batafsil