Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jidda shahrida chorak final uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kecha 14-yanvar kuni tiklanish, bugun esa toʻliq tarkibda reja asosida mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi hal qiluvchi pallaga kirib keldi. Guruh bosqichi yakuniga yetib, 16 jamoadan 8 tasi musobaqani tark etdi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar endi chorak final bosqichida kurashni davom ettiradi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “C” guruhini peshqadam sifatida yakunlab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga
Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi doirasida Koreyaga qarshi maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlari mazkur bahsda 2:0 hisobida raqibidan ustun kelib, guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi.
Yoshlarimiz keyingi bosqichda “D” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi bahs olib borishadi. Raqibimiz nomi esa ertangi bahslardan soʻng ma’lum boʻladi.
O’zbekiston U-21 jamoasi Koreya Respublikasini 2:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. Gollarga Behruz Karimov va Saidumarxon Saidnurullayev mualiflik qildi. Yoshlarimiz keyingi bosqichda “D” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi bahs olib boradi.