FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi sentyabr oyida Ispaniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida xalqaro turnirda ishtirok etadi va 2025-yilgi U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Angliya, Kanada hamda Marokash o‘smirlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 3-sentyabr Angliya — Oʻzbekiston 6-sentyabr Kanada — Oʻzbekiston 9-sentyabr Marokash —
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi 30-iyuldan boshlab “Chig‘atoy” sport-bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Mashg‘ulotlar davomida terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilarni koʻrikdan oʻtkazish va seleksiya ishlari olib boriladi. Bosh murabbiy Sergey Chigodayev tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Moskva shahrida “Chertanovo” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Jamoamizning goliga Asilbek Aliyev (75’) mualliflik qildi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 29-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi “Surxon” klubi oʻrinbosalariga qarshi nazorat oʻyinida ishtirok etdi. Uchrashuvda Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Gollar: Diyor Ermanov 6’, Davron Toʻlaganov 22’, Sirojiddin Jumadillayev 49’, Asilbek Abdurasulov 61 — Abduraim Abdurashidov 81’. Boshlangʻich tarkib: Bogdan Odinayev (s), Feruzbek Olimov, Diyor Ermanov, Jasur Jumaboyev, Shorahim Shorahmedov, Saiddin Mavlonov, Samandar Ikandarov, Shuhrat
Bugun Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Moskva shahrida SSKA klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamizning goliga Abubakir Shukurullayev (40’) mualliflik qildi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 29-iyul kuni “Lokomotiv” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.