Osiyo kubogi oldidan jamoalar ishtirokida rasmiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Unda OFK tomonidan turnirga doir bir qator yoʻnalishlar, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, xavfsizlik va media boʻyicha ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Bugun ana shunday seminar Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Osiyo kubogi – 2023. “B” guruhi jamoalari: Avstraliya Oʻzbekiston Suriya Hindiston Oʻzbekiston Bosh murabbiy — Srechko Katanes Eng yaxshi to‘purar — Eldor Shomurodov (38) Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Server Jeparov (127) O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1996-yildan buyon muntazam ravishda Osiyo kubogida ishtirok etib kelmoqda. Milliy jamoamiz 2011-yilgi turnirda yarim finalga qadar yetib borgan.
Qatarda start oladigan bu galgi Osiyo kubogi OFK tomonidan 18-bor tashkil etilmoqda. Qatar Osiyo kubogi final bosqichiga eng ko‘p mezbonlik qilgan mamlakat, shuningdek, musobaqaning amaldagi g‘olibi ham hisoblanadi. Koreya Respublikasi va Eron terma jamoalari turnirda eng ko‘p ishtirok etgan bo‘lsa-da (15 marta), bosh sovrinni Yaponiya eng ko‘p qo‘lga kiritgan (4 marta, 1992, 2000, 2004, 2011)
Osiyo kubogi 2023 turnirida Oʻzbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichi uchrashuvlari vaqti va stadionlari bilan tanishing. Oʻyinlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatib oʻtilgan.
O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarning Doha shahriga yetib bordi. Milliy jamoamiz turnirdagi dastlabki uchrashuvini 13-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da Suriya terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.