Ertaga O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasidagi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazadi. Vadim Abramov shogirdlari ushbu bahsda Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o’yin BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida O’zbekiston vaqti bilan soat 18.00 da start oladi. Uchrashuv O’FAning YouTube hamda Sportrecs platformalaridagi rasmiy sahifalarida jonli efirda translyatsiyasi qilinishi rejalashtirilgan.
Bilasiz, O’zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Dubay shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda. Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz bugun tongda sohil bo’yida tiklanish mashg’ulotlarini o’tkazdi. Odil Ahmedov “Tianjin Teda” klubi tomonidan Xitoy mamlakatiga chaqirilganligi sababli, ushbu yig’inda qatnasha olmasligi ma’lum bo’ldi. Temurxo’ja Abduxoliqov bugundan e’tiboran MTJ ixtiyoriga kelib qo’shildi.
Xabaringiz bor, JCH-2022 saralash bosqichi bellashuvlariga hozirlik ko’rayotgan O’zbekiston milliy terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini olib borish uchun bugun Dubay shahriga yetib bordi. Yig’in avvalida Vadim Abramovning murabbiylar shtabi tarkibida o’zgarish yuz berdi. O’zbek futboli ixlosmandlariga tanish bo’lgan Antonio Sarioglou endilikda jismoniy tayyorgarlik bo’yicha murabbiy sifatida milliy jamoamizda faoliyat olib boradi. Ma’lumot o’rnida, ushbu murabbiy 2018-2019