O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblansa, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bu borada barcha yo‘nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, xalqaro tajribaga ega va
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 6-oktyabrdan navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Vakillarimiz 9-oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt bilan, 13-oktyabr kuni Kuala-Lumpurda Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazishidan xabaringiz bor. Oktyabr oyidagi yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan #MilliyJamoa oktyabr oyida Urugvayga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar bergan edik. Kecha Malayziyada mazkur oʻyinga doir tashkiliy masalalar yuzasida jamoalar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Unga koʻra, oʻyin 13-oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:45 (mahalliy – 20:45) da oʻtkazilishi ma’lum boʻldi. Uchrashuv “Hang Jebat” stadionida boʻlib oʻtadi. 🇺🇿 Oʻzbekiston —
Joriy yilda mamlakatimiz ikkinchi bor Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Millatlar kubogi musobaqasi — “CAFA Nations Cup 2025” turniriga mezbonlik qildi. Turnirning final uchrashuviga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va FIFA Prezidenti Janni Infantino tashrif buyurishi ushbu musobaqa yuqori ahamiyat kasb etishini yana bir bor isbotladi. FIFA rasmiy sahifasida turnirga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi. Uni to‘liq
Press-tur davomida OAV vakillariga Milliy futbol markazining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Bugun bu yerda bir vaqtning o‘zida bir nechta terma jamoa mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin. Zamonaviy stadionlar, o‘quv binolari, sport zallari va mehmonxona futbolchilar ixtiyoriga taqdim etilgan. Sport tibbiyoti markazida basseyn, mashg‘ulot zali va reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etilgan. Jarohatlarning oldini olish hamda futbolchilarning qisqa fursatda tiklanishi