Vakillarimiz ishtirok etadigan saralash uchrashuvlari yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadi, bahslar 8, 11 va 14-iyun kunlari oʻtkaziladi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining saralash bosqichidagi ilk uchrashuvini 8-iyun kuni Shri Lanka jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2023-yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadi. Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur saralash bahslarini oʻz maydonlarida qabul qiladigan mamlakatlar nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan uchrashuvlar yurtimizda oʻtkaziladigan boʻldi. Mazkur oʻyinlar 8, 11 va 14-iyun kunlari boʻlib oʻtadi. Maʼlumot oʻrnida, saralash
Xabaringiz bor, ayni paytda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Dubayda oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda. Bu galgi yigʻinga bir nechta yosh va umidli futbolchilar jalb etildi. Xususan, yakunlangan mavsumda “Nasaf” jamoasidagi yorqin oʻyinlari sabab Sherzod Nasrullayev ham Srechko Katanesning eʼtiboriga tushdi va terma jamoadan ilk marta chaqiruv oldi. Nasrullayev 23-yanvar kuni “Al-Vahda”ga qarshi oʻyinda milliy terma jamoa safida debyut uchrashuvini ham oʻtkazishga muvaffaq
Bugungi kunda yana tez suratlarda tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi futbol olamiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Shu jumladan, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini ham Covid-19 bilan bogʻliq vaziyat chetlab oʻtmadi. Xususan, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes Dubaydagi yigʻinga Sloveniyadan yetib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan. Shu tariqa, sloveniyalik