Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining saralash bahslari doirasida Maldivga qarshi uchrashuv oʻtkazdi. Namanganda oʻtkazilgan uchrashuv yakunida Srechko Katanes shogirdlari yirik hisobda gʻalabani rasmiylashtirdilar. Maldiv 0:4 Oʻzbekiston Gollar: Eldor Shomurodov 2ʼ 51ʼ, 80ʼ, Oston Urunov 86ʼ
Unda mezbon Oʻzbekiston terma jamoasi bilan birgalikda Tojikiston, Qirgʻiz Respublikasi va Uganda terma jamoalari ishtirok etishadi. Jamoalar dastlab yarim final uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Gʻoliblar birinchi oʻrin uchun, magʻlub jamoalar esa uchinchi oʻrin uchun kurash olib boradi. Barcha oʻyinlar Namangandagi “Markaziy” stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.
Vakillarimiz ishtirok etadigan saralash uchrashuvlari yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadi, bahslar 8, 11 va 14-iyun kunlari oʻtkaziladi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining saralash bosqichidagi ilk uchrashuvini 8-iyun kuni Shri Lanka jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2023-yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadi. Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur saralash bahslarini oʻz maydonlarida qabul qiladigan mamlakatlar nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan uchrashuvlar yurtimizda oʻtkaziladigan boʻldi. Mazkur oʻyinlar 8, 11 va 14-iyun kunlari boʻlib oʻtadi. Maʼlumot oʻrnida, saralash