Osiyo kubogi – 2023. “B” guruhi jamoalari: Avstraliya Oʻzbekiston Suriya Hindiston Oʻzbekiston Bosh murabbiy — Srechko Katanes Eng yaxshi to‘purar — Eldor Shomurodov (38) Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Server Jeparov (127) O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1996-yildan buyon muntazam ravishda Osiyo kubogida ishtirok etib kelmoqda. Milliy jamoamiz 2011-yilgi turnirda yarim finalga qadar yetib borgan.
Qatarda start oladigan bu galgi Osiyo kubogi OFK tomonidan 18-bor tashkil etilmoqda. Qatar Osiyo kubogi final bosqichiga eng ko‘p mezbonlik qilgan mamlakat, shuningdek, musobaqaning amaldagi g‘olibi ham hisoblanadi. Koreya Respublikasi va Eron terma jamoalari turnirda eng ko‘p ishtirok etgan bo‘lsa-da (15 marta), bosh sovrinni Yaponiya eng ko‘p qo‘lga kiritgan (4 marta, 1992, 2000, 2004, 2011)
Osiyo kubogi 2023 turnirida Oʻzbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichi uchrashuvlari vaqti va stadionlari bilan tanishing. Oʻyinlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatib oʻtilgan.
O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarning Doha shahriga yetib bordi. Milliy jamoamiz turnirdagi dastlabki uchrashuvini 13-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da Suriya terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.
Bugun, 21-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Uchrashuvning birinchi bo’limida Ramin Rizoyan va Mehdi Taremi gol kiritdi. Ikkinchi bo’limda esa Oston O‘runov raqib jamoa futbolchisining xatosidan so‘ng, gol urib, hisobni qisqartirdi. 83-daqiqada O‘runovning uzatmasidan so‘ng Igor