Bugun, 27-iyul kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasining ikkinchi turi doirasida Misrga qarshi bahs olib bordi va mag’lub bo’ldi – 0:1. Uchrashuv teng kurashlar ostida o’tdi. 11-daqiqada misrlik futbolchi Ahmed Kola gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.
Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi nazorat uchrashuvida Yaponiyani magʻlub etdi. Dilshod Nuraliyev boshqaruvidagi jamoamiz uchrashuvda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekiston 5:1 Yaponiya Jamoamizning gollariga Suxrob Sadirjonov (3‘, 45’), Odilxon Orifjonov (16’) va Asilbek Aliyev (19, 53’) mualliflik qildi.
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchisi Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi va g’alaba qozondi – 7:4. Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz “Mirabror Usmonov kubogi” doirasidagi 4 uchrashuvning barchasida raqiblarni mag’lub etdi va bosh sovrinni qo’lga kiritdi.
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasining dastlabki turi doirasida Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi va mag’lub bo’ldi – 1:2. Uchrashuv teng kurashlar ostida o’tdi. 28-daqiqada Mark Pubil gol urib hisobni ochdi. 45+3-daqiqada olimpiyachilarimiz sardori Eldor Shomurodov penaltidan hisobni tenglashtirdi va o’zbek futboli tarixida Olimpiya o’yinlarida gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Ikkinchi bo’limning
Parij Olimpiadasida O’zbekiston delegatsiyasi 19 ta sport turida Vatanimiz sharafini himoya qiladi. Xususan, futbol bo‘yicha terma jamoamiz ham birinchi bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan futbolchilar va jamoa shtabi a‘zolari soni bo‘yicha ma‘lum cheklovlar mavjud. Masalan, qaydnomaga faqat 18 futbolchi kiritish talabi murabbiylarning imkoniyatlarini biroz cheklaydi. Shu tariqa jamoa bilan ishlaydigan shtab