Shveytsariyaning Syurix shahrida kelasi oy Argentinada start oladigan futbol boʻyicha U-20 jahon chempionatiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qur’a yakunlariga koʻra, barcha jamoalar oʻz raqiblarini bilib oldi. Amaldagi Osiyo chempioni – Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi “A” guruhidan oʻrin oldi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. Coca-Cola Superligasi “Bunyodkor” — “Nasaf” Superliganing 6-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvining 33-daqiqasida “Nasaf” klubining 70-raqamli futbolchisi Abubakir Rizo Turdialiyev zaxira oʻrindigʻidan turib yon hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan uchun maydondan chetlashtirilgan. Bundan tashqari, uchrashuv
U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari yigʻin doirasida yamanlik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. Oʻyinlar Toshkentda oʻtkaziladi. 25-aprel Oʻzbekiston 🆚 Yaman 27-aprel Oʻzbekiston 🆚 Yaman Bosh murabbiy tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida FIFA tomonidan belgilangan futbol agentlari uchun birinchi imtihon boʻlib oʻtdi. FIFAning “Futbol agentlari faoliyati toʻgʻrisida”gi reglamenti Ilovasiga koʻra, talabgorlarga 20 ta test ustida ishlashlari uchun 1 soat vaqt taqdim etildi. Maʼlumot oʻrnida, mazkur topshiriqlarning 75 foiziga toʻgʻri javob yoʻllagan nomzodlar FIFA agenti litsenziyasini qoʻlga kiritishlari mumkin boʻladi. Imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar
Bugun OʻFA hamda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi tomonidan U20 terma jamoasi futbolchisi Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilindi. Kelgusida bu kabi holatlar ro‘y berishiga yo’l qo’ymaslik borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Barcha yoshdagi terma jamoalar, klublar va futbol akademiyalarida doping nazoratini yanada kuchaytirish, futbolchilar o‘rtasida taqiqlangan va zararli moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni