Kuala Lumpur shahrida OFK Hakamlar qoʻmitasining yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar bermoqda. Yigʻilishda qoʻmita aʼzolari, xususan, OʻFA birinchi vitse-prezidenti, OFK Hakamlar qo‘mitasi raisi oʻrinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi. Qayd etilishicha, unda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2023-2027 yillarga moʻljallangan va jahon standartlariga asoslangan Osiyoning hakamlik tamoyillari yana bir bor tasdiqlandi. Hani Taleb Al
Bugun Oʻzbekiston U20 ayollar terma jamoasi Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Ilhom Xanjariyev jamoasi 11-iyulga qadar Toshkentda mashgʻulot oʻtkazadi. Yigʻinning ikkinchi qismi Minskda davom ettiriladi hamda Belarusga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkaziladi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi ham 6-11-iyul Toshkentda, 12-19-iyul kunlari Minskda yigʻin oʻtkazadi. Midori Honda shogirdlari Belarus ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik
Taniqli davlat arbobi, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” va “Doʻstlik” ordenlari sohibi, bir necha yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanishi hamda dunyoda oʻz oʻrniga ega boʻlishida ulkan hissa qoʻshgan shaxs — Mirabror Usmonovning yorqin xotirasini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Mirabror Zufarovich xotirasiga bagʻishlab an‘anaviy xalqaro turnir tashkil etadi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonov 1947-yilning 4-iyul kuni tavallud topgan edi. Mirabror Zufarovich 2006-2017-yillar mobaynida Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rahbari sifatida, 2013-2017-yillarda Milliy Olimpiya qoʻmitasi, 2015-2018-yillar davomida esa Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti sifatida samarali faoliyat olib bordi. Mirabror Usmonov rahbarlik yillarida
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 8-iyul kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Bahodir Ahmedov jamoasi yigʻin doirasida Turkmanistonga qarshi oʻyin oʻtkazadi. 15, 17-iyul Oʻzbekiston 🆚 Turkmaniston Shundan keyin vakillarimiz “CAFA Futsal Cup-2023” musobaqasida ishtirok etish uchun Tojikistonga joʻnab ketadilar. Ushbu yigʻinga jalb etilgan futzalchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing.