Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. Superliga “Qizilqum” — “So‘g‘diyona” Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Qizilqum” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 87-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan. Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra,
Srechko Katanes boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 7-oktyabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 10-oktyabr kuni Eronni, 15-oktyabrda esa BAAni qabul qiladi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Yurtimiz mezbonligida o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 chorak final bahslari yakuniga yetdi va barcha yarim finalchilar nomi aniqlandi. Bugun, 1-oktyabr kuni yarim finalga yo‘llanma olgan 3ta terma jamoa rasmiylari ishtirokida matbuot anjumanlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, dastlab soat 15:05da Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Kosenko hamda terma jamoa sardori Pyotr Shoturma OAV vakillari savollariga
#BizningJamoa saralash bahslarining barchasida gʻalaba qozondi va U-20 Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi O‘zbekiston 5:0 Bahrayn Gollar: Dilshod Abdullayev 26’, Muhammadali Oʻrinboyev 61’, Nurlan Ibraimov 80’, 87’, Daler Tuhsanov 89’.
Davlatimiz rahbarining futbolni rivojlantirishga qaratilgan qaror va farmonlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizdagi futbol infratuzilmasini yaxshilash, xususan, terma jamoalarimiz uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ayni vaqtda Toshkent viloyatida Milliy futbol markazining qurilish ishlari davom etyapti. Ushbu zamonaviy markaz jahon standartlariga mos futbol maydonlari, jamoalar yashashi uchun mehmonxona,