Free ebooks Library zlibrary project

Abbosbek Fayzullayevga “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini topshirildi OFK tomonidan oʻtgan yil yakunlariga bagʻishlangan taqdirlash marosimida Abbosbek Fayzullayev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sifatida e’tirof etilgan edi. Ayni kunlarda #MilliyJamoa tarkibida Vyentyan shahrida bo‘lib turgan futbolchimizga O‘FA rahbariyati tomonidan ushbu mukofot topshirildi.

Bugun, 15-noyabr kuni O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Oʻzbekiston 2:1 Iroq Gollar: Abdugʻofur Haydarov 4’, Ravshan Hayrullayev 18’ — Karim Jafar 42’. Keyingi nazorat uchrashuvi 18-noyabr sanasida boʻlib oʻtadi.  

Bugun, 14-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 3-saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va mag’lubiyatga uchradi – 2:3. Srechko Katanes boshqaruvidagi jamoamiz shu tariqa 5-turdan so’ng “A” guruhida 10 ochko bilan 2-o’rinni egallab turibdi. Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvini 19-noyabr kuni KXDRga qarshi o’tkazadi.