Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati UEFAning ayollar futboli bo‘yicha mutaxassislari Kris Milnes va Elis Kossafi hamda OFK mutaxassisi Amir Assokan bin Abdulla bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida O‘zbekistonda ayollar futboli va futzali rivojlanib borayotgani qayd etildi. UEFA vakillari tomonidan ayollar futbolini isloh etishda OFK bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yanada kengayishi zarurligi, ushbu hamkorlikdan maqsad
O‘zbekiston U-15 qizlar terma jamoasi 22-noyabrdan Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Jamoamiz yigʻin doirasida 26 va 28 noyabr kunlari Toshkent shahrida Qirg’iziston U-15 qizlar terma jamoasiga qarshi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Viktoriya Sirota boshqaruvidagi jamoamizning yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishing.
Bugundan Farruh Zokirov boshchiligidagi futzal boʻyicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida 30-noyabrga qadar navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun, 23-noyabr kuni Ayollar futboli boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston kubogining final uchrashuvi o’tkazildi. Unda “Sevinch” va “OKMK-Women” jamoalari o’zaro bahs olib borishdi. “Sevinch” 4:0 hisobidagi g’alaba evaziga bosh sovringa ega chiqdi.
Bugun, 19-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 3-saralash bosqichi doirasida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Srechko Katanes boshqaruvidagi jamoamiz shu tariqa 6-turdan so’ng “A” guruhida 13 ochko jamg’argan holda 2-o’rinni egallab turibdi. Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvini 2025-yilning 20-mart kuni Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.