Yakunlanib borayotgan 2024-yil oʻzbek futboli va futzali uchun muvaffaqqiyatli boʻldi. Ushbu muvaffaqqiyatga hissa qoʻshgan eng yaxshi futbol va futzal yulduzlari hamda murabbiylar bilan tanishing: “Ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi” 1. Ilhom Xanjariyev (Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi hamda “OKMK-Women”) 2. Vladimir Panov (Oʻzbekiston U-18 qizlar terma jamoasi hamda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi [v.b])
Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining “Chig‘atoy” klubiga qarshi uchrashuvi yakunlandi. “Do‘stlik” stadionida o‘tkazilgan bahsda vakillarimiz g‘alaba qozondi. O‘zbekiston 2:1 “Chig‘atoy” Jamoamizning gollariga Muhammad Habibullayev (64’) va Jamshidbek Rustamov (pen. 86’) mualliflik qildi. Boshlang‘ich tarkib: 21. Ne’matulloh Rustamjonov 3. Hojiakbar Yusufboyev 4. Mo‘minxon Bahodirxonov (S) 5. Amirxon Murodov 6. Miraziz Abdukarimov 7. Sadriddin Hasanov
Indoneziyada dunyoning 70 dan ortiq mamlakatining futbolchilar uyushmalari ishtirokida FIFPRO Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli forum o‘zbek futboli uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Futbolchilari Uyushmasi FIFPRO to‘laqonli a’zosi sifatida rasman e’tirof etildi. Eslatib o‘tamiz, uyushma 2017-yilda tashkil etilib, qisqa muddat ichida futbolchilar ishonchini qozondi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. Superliga “Navbahor lochinlari” — “Metallurg” Superliga chempionatining 22-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Metallurg” uchrashuvi 44-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Abrorbek Ismoilov toʻpsiz vaziyatda oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida o‘tkazilgan UEFA va OFKning 2024–2027-yillarda ayollar futbolini rivojlantirish dasturiga bagʻishlangan uch kunlik seminar yakunlandi. Seminarning so‘nggi kunida yurtimizda ayollar futboliga e’tiborni yanada oshirish va har jihatdan mukammal tizimga aylantirishga doir bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizning FIFA va OFK turnirlaridagi doimiy ishtirok etuvchi jamoalar darajasiga ko‘tarishda klublar ishtirokidagi