Bugun, 14-oktyabr kuni “Do‘stlik” terma jamoalar markazida O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Ozarbayjon U-18 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Abdug‘ofur Haydarov, Saidumarxon Saidnurullayev va Asilbek Jumayev tomonidan kiritilgan gollar terma jamoamizning g‘alabasini ta’minladi. Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoamiz Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi navbatdagi uchrashuvini 16-oktyabr kuni o‘tkazadi.
Bugun, 13-oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bahsda Timur Kapadze 24 nafar futbolchini maydonga tushirdi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 16-oktyabr kuni Misr Olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
30-oktyabr kuni Doha shahrida OFK tomonidan Osiyo futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi” nominatsiyasi “Platinum” yo‘nalishida g‘oliblikka da’vogarlar qatorida e’tirof etildi. Ushbu mukofotga, shuningdek, Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi ham da’vogarlik qilmoqda.
Bugun, 13-oktyabr kuni Xitoyning Dalyan shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vyetnam terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov tomonidan kiritilgan gollar terma jamoamizning g‘alabasini ta’minladi. Ushbu bahsda Srechko Katanes 22 nafar futbolchini maydonga tushirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 16-oktyabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi
Bugun, 11-oktyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2024-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining “G” guruhidan o‘rin olgan bahsda Iroq terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Husniddin Nishonov (dubl) va Elbek To‘lqinov raqib darvozasiga gol kiritgan bo‘lsa, Toriq Ziyod Sulaymon Iroqning yagona goliga mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2024-yil Tailand mamlakati mezbonlik