O‘FA rahbariyati hamda Yaponiyaning “Balcom” kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi, O‘zbekistonning Hiroshimadagi faxriy konsuli Yamasaka Tesuro o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi futbol hamkorligi, yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda musobaqalar tashkil etish masalalarini muhokama qilindi. O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi mustahkam futbol aloqalarini yuqori baholab, Yaponiya xalqiga xos intizom va
Ma’lumki ayni kunlarda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida zamonaviy futbol infratuzilmasini oʻzida mujassam etishi koʻzda tutilgan Milliy futbol markazining qurilish jadallik bilan davom etmoqda. O‘FA rahbariyati tomonidan qurilishning har bosqichi sifatli amalga oshirilishi qat‘iy nazorat qilib borilmoqda. Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi ishchi guruh qurilish jarayonini yaqindan koʻzdan kechirish va mas’ullar bilan loyihaning
Bugun Sergey Chigodayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Jidda shahridagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. “Qirol Abdulla sport markazi” mashg‘ulot maydonida boʻlib oʻtgan bahsda vakillarimiz g‘alaba qozondi. Saudiya Arabistoni 0:1 Oʻzbekiston Jamoamizning goliga 33-daqiqada Bilol Qurbonov mualliflik qildi.
Bugun Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jidda shahridagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. “Qirol Abdulla sport markazi” mashg‘ulot maydonida boʻlib oʻtgan bahsda durang natija qayd etildi. Saudiya Arabistoni 1:1 Oʻzbekiston Jamoamizning goliga 65-daqiqada Muhammad Habibullayev mualliflik qildi.
Bugun Temur Kapadze boshqaruvidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Iordaniyaga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. “Grand Hamad” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda durang natija qayd etildi. Iordaniya 0:0 Oʻzbekiston