Ertaga 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘llanma beruvchi saralash bahsi doirasida Singapur va Gonkong terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu muhim uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam: Rustam Choriyev Yordamchi hakam: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Dunyoning 200 dan ortiq mamlakati va hududlaridan muxlislar tarixdagi eng katta va eng inklyuziv Jahon chempionati musobaqasiga guvoh bo‘lish uchun o‘z o‘rinlarini band qilishdi. “Dastlabki ikki chipta savdosi bosqichida eng ko‘p xaridni mezbon davlatlarimiz — Kanada, Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlari muxlislari amalga oshirdi” – deyiladi xabarda. Chipta savdosining navbatdagi bosqichi 11-dekabr sanasidan boshlab, FIFA.com/tickets
29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Superliga 30-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Sho‘rtan” uchrashuvi tarixiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur bahsni ilk bor O‘zbekiston Superligasi darajasida ayol mutaxassis — Nasibabonu Toshmuhammedova boshqarib boradi. Unga qanotlarda tajribali yordamchi hakamlar — Kristina Sereda va Zilola Rahmatova yordam beradi. Bu uchrashuv O‘zbekiston hakamlik maktabida yangi bosqichni boshlab beradi.
5-dekabr kuni, AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida 2026-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli tadbirda O’FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o’zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.
Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Milliy futbol markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda.