OFK rasmiy sayti Osiyo kubogida ishlaydigan hakamlar nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, Xitoy yashil maydonlarida 12-fevraldan 1-martga qadar davom etadigan turnirda 3 nafar oʻzbekistonlik hakamlar ish olib borishi maʼlum bo‘ldi. Valentin Kovalenko instruktor, Asker Najafaliyev bosh hakam, Ruslan Serazitdinov yordamchi hakam sifatida faoliyat olib boradi. Vakillarimizga Osiyo kubogida omad tilaymiz!
O‘FA futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “So‘g‘diyona”, “Jizzax Zvezda Bo‘ston” futbol klublarining murabbiylar, futbolchilar va xodimlar oldidagi qarzdorligini bartaraf etishi uchun muddat belgilandi. O‘FA hamda O‘zPFL klublarning futbolchi, murabbiy va mutaxassislar oldidagi majburiyatlari, shartnomada belgilangan vazifalarni to‘liq bajarishga mas’ul ekanini eslatib o‘tadi. Afsuski ba’zi klublarda shartnoma shartlarini buzish, maoshlar to‘lovini
2025-yilgi U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. 8-fevraldan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Turkiyaning Antaliya shahrida davom etadi. Jamoamiz 8–14-fevral kunlari “Antalya Youth Cup” turnirida ishtirok etadi. 15–22-fevral kunlari esa O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rivojlanish kubogi”da g‘oliblik uchun bahs
Bugun O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Viktoriya Sirota boshqaruvidagi jamoamiz joriy yilning oktyabr oyida 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi-2026 saralash boshqichida ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishing.
Bugun Farhod Nishonov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Shenjen shahridagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Xitoyga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. “Lihu” maydonida boʻlib oʻtgan bahsda vakillarimiz g‘alaba penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘alaba qozondi. Xitoy 2:2 Oʻzbekiston (penaltilar seriyasi — 4:5) Jamoamizning gollariga Aslbek Jumayev (45+2′) Dilshod Abdullayev (77′) mualliflik qildi.