Bugun Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi 2-tur oʻrinini Indoneziya yoshlariga qarshi oʻtkazib, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoamizning gollariga Muhammadali Oʻrinboyev (21ʼ), Abdugʻofur Haydarov (47ʼ) va Saidumarxon Saidnurullayev (63ʼ) mualliflik qildi. Shu tariqa terma jamoamiz muddatidan avval chorakfinal bosqichiga yoʻl oldi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi keyingi uchrashuvini 19-fevral kuni Eronga qarshi oʻtkazadi. Oʻyin
Bugun 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kuboging ilk turida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Yamanga qarshi maydonga tushdi va Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoamiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni Muhammadali O‘rinboyev kiritib, jamoamizga dastlabki 3 ochkoni taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi keyingi uchrashuvini 16-fevral kuni Indoneziyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti
Avval xabar berilganidek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustaviga muvofiq, 2025-yil 22-fevral kuni OʻFA prezidentligiga saylov boʻlib oʻtadi. Joriy yilning 20-yanvar kuni OʻFA tomonidan oʻz aʼzolariga ushbu lavozimga nomzodlar boʻyicha oʻz takliflarini yuborishlarini soʻrab murojaat qilingan. OʻFA rasmiy elektron pochtasiga kelib tushgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar OʻFA Saylov qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustavi va Saylov kodeksiga muvofiq
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Musobaqa ertaga, 12-fevral kuni start oladi. Yoshlarimizning Yamanga qarshi 1-tur uchrashuvi 13-fevral kuni boʻlib oʻtadi.
O‘zbekiston futbol hakamlar markazi mutaxassislari rejaga muvofiq, yangi mavsum oldidan Superliga va Proliga jamoalarining bazalariga bosqichma-bosqich tashrif buyurib, hakamlikning zamonaviy qoidalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishadi. O‘tgan mavsumda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar videoroliklar orqali tahlil qilinib, futbolchilarga muhim ma’lumotlar taqdim etiladi.