FIFAning Osiyo va Okeaniya hudulari bo‘yicha direktori: “Avvalo, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi saylangan prezidentiga samimiy tabriklarimni izhor etmoqchiman. Ushbu lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman va ishonamanki, uning rahbarligi O‘zbekiston futbolini yangi cho‘qqiga olib chiqadi. Ushbu saylov kongressi FIFA nizomlariga to‘liq muvofiq ravishda o‘tkazildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Bu taraqqiyot ko‘plab
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Assotsiatsiya a’zolari tomonidan kelib tushgan nomzodlar Saylov qo‘mitasi a’zolari ishtirokida Assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkazildi. Assotsiatsiya Ustavining 30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Nizomovich Qurbonov nomzodi ilgari surildi. Assosiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Nizomovich Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini davom ettirmoqda. Yoshlarimizning Janubiy Koreyaga qarshi chorakfinal uchrashuvi 23-fevral kuni boʻlib oʻtadi. O’yin Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.
Bugun Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi 3-turi doirasida Eron yoshlariga qarshi bahs olib bordi, 1:2 hisobida magʻlub bo‘ldi. Jamoamizning goliga Muhammadali Oʻrinboyev (80ʼ) mualliflik qildi. Shu tariqa terma jamoamiz “C” guruhida 2-o‘rinni egalladi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi keyingi uchrashuvini 23-fevral kuni “D” guruhi g‘olibiga qarshi oʻtkazadi.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini davom ettirmoqda. Yoshlarimizning Eronga qarshi 3-tur uchrashuvi 19-fevral kuni boʻlib oʻtadi.