Ayni kunlarda Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Toshkent shahrida Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Vakillarimiz Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan musobaqaning guruh bosqichida Tailand, Xitoy va turnir mezboni Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Bugun OʻFA rahbariyati jamoa a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda futbolchilarga assotsiatsiya tomonidan yuksak ishonch bildirilishi, avvalgi turnirda bo’lgani singari terma
2025-yilgi U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bugun Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
O‘FA murabbiylar kengashi yig‘ilishida U-23 terma jamoasi boshqaruviga nomzod murabbiylar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yurtimizning eng tajribali mutaxassislardidan biri, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni egasi Ravshan Haydarov nomzodi ilgari surildi va rahbariyat tomonidan tasdiqlandi. Haydarov boshqaruvidagi turli yoshdagi terma jamoalar ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan, ikki bor Jahon
Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi murabbiylar shtabi ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanidan fotogalereya
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogiga tayyorgarligi hamda musobaqadagi ishtiroki tahlil qilindi. Farhod Nishonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan jamoa olib borgan yigʻinlari, seleksiya, tibbiy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari boʻyicha ma’lumotlar taqdim etildi. Oʻz navbatida murabbiylar kengashi a’zolarining Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki