Germaniyalik mutaxassis Lars Hopp 2011-yilda tugʻilgan futbolchilarni seleksiya qilib, Oʻzbekiston U-14 terma jamoasiga nomzodlarni aniqlab bormoqda. Ayni paytda Toshkent viloyatidagi Milliy terma jamoalar markazida yosh futbolchilarni saralash boʻyicha sinovlarning uchinchi bosqichini oʻtkazmoqda. Saralash jarayoni uch bosqichdan, har bir bosqichda esa 25 nafarga yaqin yosh futbolchilar ishtirok etyapti. Umumiy hisobda esa mamlakatimizdagi turli klublar va futbol
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031-yilda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi mezbonligiga ariza topshirgan nomzodlar nomini rasman ma’lum qildi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 35-Kongressi oldidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK Ijroiya qo‘mitasining 6-yig‘ilishi boʻlib oʻtdi. Unda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031-yilda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun yettita nomzoddan ariza kelib tushgani e’lon qilindi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim
Ayni kunlarda Milliy futbol markazi qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. O‘FA rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh qurilish jarayonini yaqindan koʻzdan kechirish va mas’ullar bilan loyihaning keyingi rejalarini muhokama qilish maqsadida qurilish obyektida boʻldi. Ma‘lumki, MFM qoshida zamonaviy VAR markazi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu markaz FIFA xalqaro talablariga mos ravishda zamonaviy jihozlar bilan ta’minladi. Mutaxassislar raqamlashtirish va
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida oʻtayotgan Osiyo Kubogi doirasidagi 3-tur bahsida mezbonlarga qarshi maydonga tushdi. Islom Ismoilov boshqaruvidagi terma jamoamiz mazkur bellashuvda Saudiya Arabistoni U-17 terma jamoasini 3:0 hisobida dogʻda qoldirdi. Gollarga Jamshidbek Rustamov (57ʼ, 70ʼ) va Asilbek Aliyevlar (63ʼ) mualliflik qildi Bu gʻalaba orqali Oʻzbekiston “A” guruhida 9 ochko jamgʻarib, peshqadamlikni qoʻlga kiritdi.
2026-yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xitoyning Yongchuan shahri mezbonlik qilayotgan “CFA International Women’s Football Tournament” xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida Zambiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Jamoamizning gollariga Feruza Turdiboyeva (51’) va Diyora Xabibullayeva (90’, 90+2’) mualliflik qildi.