Milliy jamoa 28-may kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz 29-maydan yig‘inni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi. Vakillarimiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 5-iyun kuni BAAga qarshi safarda oʻyin oʻtkazsa, 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Qatarni qabul qiladi. Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Marosim Doha shahrida oʻtkazildi. Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchaga joylashtirilgan edi. Qur’a yakunlariga ko‘ra, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz “J” guruhidan o‘rin oldi. Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadi. 12 guruhda dastlabki ikki o‘rinni
Bugun Toshkent shahrida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri start oldi. O‘zbekiston U-16 terma jamoasi turnirdagi ishtirokini Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs bilan boshladi. Ushbu uchrashuvda Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoamiz 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamizning gollariga Ahrorbek Ravshanbekov (24′), Laziz Abduraimov (65′, 71′ pen.), Rustam Aliyev (74′) va Humoyun Sindarov (90+4’) mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston U-16
2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 25-maydan 4-iyunga qadar Hindistonning Bangalor shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Jamoamiz yig‘in doirasida 30-may, 3-iyun kunlari Hindiston terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. 🗓 30-may, 3-iyun 🇮🇳Hindiston 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿 🏟Hindiston, Bangalor
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2025–2029-yillar uchun mo‘ljallangan ayollar futbolini rivojlantirish strategiyasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘FA rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Taqdimot davomida ayollar futboli yo‘nalishida amalga oshiriladigan asosiy strategik maqsad va yo‘nalishlar, jumladan, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, futbol infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro musobaqalardagi ishtirok, hamda ommaviylikni oshirish