Tailand yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start olishiga 1 kundan ko‘proq vaqt qoldi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk o‘yinini 9-yanvar sanasida Eronga qarshi o‘tkazadi. Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur uchrashuvga hozirlik jarayonini davom ettirishmoqda. Bugun ham olimpiyachilarimiz tushdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazishdi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tdi. 

Batafsil