O’zbekiston U-16 terma jamoasi ayni vaqtda Toshkent shahrida yig’in o’tkazmoqda. Ushbu yig’in doirasida Azamat Abduraimov shogirdlari “Bunyodkor” o’smirlar jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazishdi va 3:1 hisobida g’alaba qozonishdi. O’smirlar termasi safida gollarni Abduqodir Husanov, Alisher Xayrullayev va Asad Qaxorjonov kiritishdi. Barcha gollarni ushbu video orqali e’tiboringizga havola etamiz.
Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi navbatdagi o‘yinini guruh bosqichi 3-turi doirasida Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘tkazadi. Bugun terma jamoamiz Songxla shahridan Bangkokka yetib keldi va tushdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulot jarayoni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Barcha yigitlar birdek qattiq mehnat qilishdi. Quyida mashg‘ulot
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoy bilan bahs olib bordi va 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi. U-23 Osiyo chempionati “C” guruhi, 2-tur Xitoy – O‘zbekiston 0:2 Gollar: Islom Qobilov (45+3 penalti), Nurillo To‘xtasinov (80). Xitoy U-23: 12.Chen Vey, 3.Xuang Jengyu, 4.Vey Jen, 5.Ju