Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladigan futzal boʻyicha Jahon chempionatiga bagʻishlangan tashkiliy qoʻmita yigʻilishi boʻlib oʻtdi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishda musobaqaning tashkiliy jarayonlari, xususan, butun dunyodan tashrif buyuradigan delegatsiya va mehmonlarni munosib kutib olish, ularga barcha sharoitlarni taqdim etish, mehmonxonalardagi qulayliklar, arenalar va mashg‘ulot maydonlari sifatini ta‘minlash
Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi 23-28-aprel kunlari UEFA Assist dasturi doirasida Minsk shahrida boʻlib oʻtadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Vakillarimiz Belarus, Ozarbayjon va Nikaragua jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Mart oyida futbol boʻyicha Olimpiada oʻyinlariga qurʼa tashlangan edi. FIFA va OFK Osiyo qitʼasidan ishtirok etuvchi jamoalar qay tartibda guruhlarga joylashishiga aniqlik kiritdi. Unga koʻra: U-23 Osiyo kubogi gʻolibi — “D” guruhiga; U-23 Osiyo kubogi 2-oʻrin sohibi — “C” guruhiga; U-23 Osiyo kubogi 3-oʻrin sohibi — “B” guruhiga; U-23 Osiyo kubogi 4-oʻrin sohibi play-off oʻyinida
Bilasiz, 2024-yil yurtimiz nufuzli turnir FIFA Futzal Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqadan oldin esa yana bir muhim voqea – turnirga qur’a tashlash marosimi oʻtkaziladi. Marosim yurtimizning eng goʻzal maskanlaridan biri, koʻhna va navqiron Samarqand shahridagi Registon maydonida boʻlib oʻtishi belgilangan. 26 may kuni Registonda oʻtkaziladigan marosimni dunyoning 200 dan ortiq mamlakati tomosha qilish imkoniyatiga ega
Xabaringiz bor, 17-28-aprel kunlari Tailandda futzal boʻyicha Osiyo kubogi bahslari boʻlib oʻtadi. Unda qitʼamizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya vakillariga qarshi bahs olib boradi. Bugun OʻFA rahbariyati va futzal mutasaddilari mazkur yirik musobaqa oldidan Oʻzbekiston futzal milliy terma