Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini yanada rivojlantirish, murabbiylar malaka va salohiyatini oshirish boʼyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, OʼFA qoshida qator litsenziyali oʼquv kurslari va seminarlar muntazam ravishda oʼtkazib kelinmoqda. 17-fevral kuni OʼFA anjumanlar zalida “D” litsenziyasi dasturi boʼyicha ilk bora murabbiylik kurslari start oldi. Oʼquv jarayonini tajribali yoʼriqchi Abdumajid Toirov olib bormoqda. 

Batafsil