Bugun Namangan shahrida joylashgan Viloyat futbol mahorati maktabi tasarrufidagi “Yosh kuch” stadionida Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan hamkorlikda barpo etilgan yangi sunʼiy qoplamali maydonning ochilish marosimi oʼtkazildi. Katta tantana tarzida tashkil etilgan ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi oʼrinbosari, OʼFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Oʼzbekiston
Server Jeparov boshchiligidagi Oʼzbekiston U-14 terma jamoasi har oy yigʼilib, nomzod futbolchilar harakatlari koʼzdan kechirilmoqda. Kecha navbatdagi oʼquv-mashgʼulot yigʼini start oldi. 2006-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz 8-martga qadar “Chigʼatoy” stadionida mashgʼulotlar olib boradi. Server Jeparov bu galgi yigʼinga 24 nafar futbolchi chaqirdi. Quyida terma jamoamizning mashg’ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: