Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogidagi dastlabki uchrashuvi oldidan rasmiy mashgʻulot oʻtkazdi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston — Malayziya bahsi 17-aprel kuni soat 18:00 da start oladi.
Futzal milliy terma jamoamizdan noxush xabar Osiyo kubogi oldidan tarkibda yo‘qotish. O‘zbekiston terma jamoasi asosiy darvozaboni Ravshan Eliboyev Qozog‘istonga qarshi bahsda kichik jarohat olgan edi. Tailanddagi tayyorgarlik jarayonida ushbu jarohat darvozabonimizni yana bezovta qildi. O‘tkazilgan chuqur tekshiruvlar natijasida va jamoa shifokorlarining tavsiyasiga ko‘ra Eliboyev ushbu turnirda maydonga tusha olmasligi ma‘lum bo‘ldi. Osiyo kubogi qaydnomasida uning
Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. 20-apreldan boshlab yigʻinning ikkinchi qismi Minsk shahrida davom etadi. Vakillarimiz 23-28-aprel kunlari “UEFA Assist“ dasturi doirasida boʻlib oʻtadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turniri doirasida Belarus, Ozarbayjon va Nikaragua jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Timur Kapadze boshqaruvidagi O’zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoamiz turnirdagi dastlabki uchrashuvini 17-aprel kuni soat 18:00 da Malayziyaga qarshi o’tkazadi.
O’zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarga yetib bordi. Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz Parij Olimpiadasi yo’llanmasi uchun yurishini 17-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan 18:00 da Malayziyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.