Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining kirib kelishi sababli barcha taʼlim muassasalari faoliyati oʻquvchi va talabalarning xavfsiziligini taʼminlash maqsadida toʻxtatilgan. Xususan, yurtimizdagi barcha sport taʼlim muassasalari ham mashgʻulotlar vaqtincha bekor qilinib, COVID-19 pandemiyasiga qarshi muntazam dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sport maktablarida, jumladan, Chiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida
Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Oston O’runov endilikda 🇷🇺 “Ufa” klubi sharafini himoya qilmoqda. Qishki transferlar oynasi vaqtida Rossiya chempionatiga ko’chib o’tgan hamyurtimiz tez fursat ichida Boshqirdistonning “Ufa” klubi yetakchilaridan biriga aylana oldi. Natijasi o’laroq yosh futbolchi Rossiya chempionatiddagi ilk o’yinlaridanoq “Ufa” jamoasi muxlislari yoqimtoylaridan biri bo’la oldi. Mart oyi yakunlariga bag’ishlab
Maʼlumki, Oʼzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʼmitasining qoʼshma qarori asosida Olimpiya sport turlari boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamoalari uchun tashkil etilayotgan barcha oʼquv-mashgʼulot yigʼinlari vaqtincha toʼxtatildi. Mashgʼulotlarning toʼxtalishi mamlakatimiz hududida qayd etilgan koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralar hamda Xalqaro olimpiya qoʼmitasi tomonidan Tokio-2020 Olimpiadasini 2021 yilda oʼtkazish boʼyicha yakuniy
Oʼzbek sporti faxriylari har jabhada bizga oʼrnak boʼlib kelishmoqda. Xususan, ayni paytda boʼlib turgan sinovli kunlarda ham faxriylarimiz xalqimizni uyda qolib, mazmunli ishlar bilan shugʼullanishga chorlashayotir. Jumladan, Oʼzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, butun umrini sport sohasiga baxshida qilib kelayotgan, erkin kurash boʼyicha faxriylar oʼrtasida uch karra jahon chempioni, erkin kurash va dzyudo boʼyicha
Bugungi kunda sayyoramizning deyarli barcha mamlakatlari COVID-19 koronavirusidan jabr koʻrayapti. Ayni damda, mamlakatimizda mazkur kasallikni oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida tegishli chora va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 16-mart sanasidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport taʼlim muassasalari, sport maktablari faoliyati ham nomaʼlum muddatga toʻxtatildi. Ushbu maskanlarda karantin