Bugun, 21-mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Gong Kong terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 49-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi, 66-daqiqada esa Rustam Ashurmatov burchakdan uzatib berilgan to‘pni bosh bilan raqib darvozasiga yo‘lladi va jamoamizning muhim g‘alabasini ta’minladi. Srechko Katanes boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Jahon chempionati-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasidagi Gong Kong terma jamoasiga qarshi muhim uchrashuvlar oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi. Ta’kidlash mumkinki, sloveniyalik mutaxassis bu safargi yig‘inga 26 nafar futbolchini jalb etgan bo‘lsa, ularning 20 nafari Qatardagi Osiyo kubogida ham ishtirok etgan. “Jahon chempionatining saralash
Timur Kapadze Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining mart oyidagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga jalb etilgan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi. Eslatib oʻtamiz, vakillarimiz ushbu FIFA kunlarida safarda Qatarga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va “UzCard” kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda tomonlar yurtimizda sportni, xususan, futbol va sogʻlom turmushni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan turli yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv davomida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va “UzCard” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi. OʻFA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonov 2019-yilning 15-mart kuni, 71 yoshida vafot etgan edi. Mirabror Zufarovich 2006-2017-yillar mobaynida Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rahbari sifatida, 2013-2017-yillarda Milliy Olimpiya qoʻmitasi, 2015-2018-yillar davomida esa Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti sifatida samarali faoliyat olib borgan. Oʻz ishining