Avval xabar berganimizdek, O’FA Ijroiya qoʼmitasining navbatdagi yig’ilishida oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha umumiy hisobot tinglandi. Bugundan boshlab ushbu hisobotda ko’rsatib o’tilgan bir qator mavzularni e’tiboringizga havola etib boramiz. Dastavval, O’zbekiston milliy terma jamoalarini shakllantirish bo’yicha joriy etilgan yangi tizim haqida ma’lumot beramiz.    

O’zbekiston U19 terma jamoasi Toshkentda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Birinchi liga klubi bilan nazorat uchrashuvi o’tkazdi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida Toshkentning “Neftgazmontaj” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Asliddin Toshtemirov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda O’zbekiston U19 vakillariga g’alaba olib keldi. O’zbekiston U19 1-0 “Neftgazmontaj” Gol: Asliddin Toshtemirov

Yurtimizda o’tadigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan U19 O’zbekiston Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazmoqda. 5-iyunda start olgan “Chig’atoy” bazasidagi ushbu yig’inga 23 nafar futbolchi jalb etilgan. Bosh murabbiy Timur Kapadze U19 O’zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni va oldindagi rejalari haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.