Bugun “Paxtakor” stadionida o‘rnatilgan yodgorlik va Botkin qabristonida 1979-yil 11-avgust kuni sodir bo‘lgan aviahalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan jamoa a’zolarini xotirlash tadbiri o‘tkazildi Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, klub vakillari va muxlislar ishtirok etdi. Tadbirda soʻz olganlar jamoani xotirlar ekan, “Paxtakor” butun O‘zbеkistonni dunyoga tanitgani, muxlislarning faxri bo‘lgani, fojia sababli futbolimiz katta yo‘qotishga uchraganini alohida
2025-yil 11–13-avgust kunlari O‘zbekistonda FIFA Capacity-building for administrators dasturi doirasida media kommunikatsiyalar va marketing bo‘yicha seminar tashkil etildi. Tadbir futbol boshqaruvi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar malakasini oshirish, ayniqsa, ayollar futbolini rivojlantirishga qaratildi. Uch kun davomida ishtirokchilar media kommunikatsiyalarning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha intensiv o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar. Darslarda samarali kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish, ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash,
Bugun “Do‘stlik” stadionida 2026-yilgi U-20 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “G” guruhi 3-tur o‘yinlari o’tkazildi. Vladimir Panov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi va uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Jamoamizning gollarga, Diyora Baxtiyorova, Asalxon Aminjonova hamda Mehribon Egamberdiyeva mualliflik qildi. Shu tariqa O’zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi guruhda 1-o’rinni egalladi va
2010-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi ertaga seleksiya yigʻinlariga kirishadi. Jamoa 11-15-avgust kunlari birinchi koʻrik-yigʻinini o’tkazadi. Bosh murabbiy Ayder Kurbayev tomonidan yigʻinning birinchi qismiga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing.
📋 2011-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston U-14 terma jamoasi seleksiya yigʻiniga kirishdi. Jamoa 10-15-avgust kunlari ikkinchi koʻrik-yigʻinini o‘tkazadi. Bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Miraziz Mirzahmedov tomonidan yigʻinning ikkinchi qismiga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing.