Free ebooks Library zlibrary project

Hozirgina U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U19 O’zbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi. Mazkur marosimdan so’ng, U19 O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Biroz avval U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U16 O’zbekiston Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston jamoalari bilan birgalikda C guruhidan joy oldi. Mazkur marosimdan so’ng, o’smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Olim Shokirov qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Biroz avval O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi ishtirok etadigan U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U16 O’zbekiston Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston jamoalari bilan birgalikda C guruhidan joy oldi. C guruhi 1. 🇰🇷 Janubiy Koreya 2. 🇦🇺 Avstraliya 3. 🇮🇳 Hindiston 4. 🇺🇿 O’zbekiston

Avval xabar berganimizdek, O’FA Ijroiya qoʼmitasining navbatdagi yig’ilishida oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha umumiy hisobot tinglandi. Bugundan boshlab ushbu hisobotda ko’rsatib o’tilgan bir qator mavzularni e’tiboringizga havola etib boramiz. Dastavval, O’zbekiston milliy terma jamoalarini shakllantirish bo’yicha joriy etilgan yangi tizim haqida ma’lumot beramiz.