Kecha O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirining ochilish uchrashuvida maydonga tushdi. Antalya shahridagi “Emir Hotels” sport majmuasida o’tgan mazkur bahsda vakillarimiz Afrika qit’asining ikki karra chempionlari Ekvator Gvineyasiga qarshi kurash olib bordi. O’yinni to’liq ustunlik bilan o’tkazgan ayollar terma jamoamiz yakunda 5-0 hisobi bilan g’alabaga erishdi. Gollarga Nilufar Qudratova, Maftuna