O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 2022-yilgi Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib boradi. Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida 10-17 dekabr kunlari mashg’ulot o’tkazadi. Murabbiylar shtabi ushbu o’quv-mashg’ulot yig’iniga 23 futbolchini jalb etgan. Kelasi yili sentyabr oyida bo’lib o’tadigan saralash turnirini O’zbekistonda qabul qilish bo’yicha O’zbekiston
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasining 28 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha qizlar o‘rtasida U15 O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Ikkinchi bor o’tkazilgan mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan tashrif buyurgan futzal bo’yicha 14 jamoa 4 guruhga bo’lingan holda kurash olib bordi. Guruhda 1- va 2-o’rinni egallagan 8 jamoa 5-dekabr kuni chorak
O’FA hamda O’zPFL mas’ul mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrif buyurdi. O’FA texnik direktori Sergey Arslanov hamda O‘zPFL Bosh direktori v.b. Diyor Imomxo‘jayev boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish, xususan “Aral” futbol klubining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va uning kelasi mavsumda istisno tarzida Pro ligada ishtirok etishi masalasini o‘rganib chiqmoqda. Jumladan, “Turon” stadionining bugungi kundagi
Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi. Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik dasturidan o’rin olgan dastlabki mashg’ulotlar 10-18 dekabr kunlari “Chig’atoy” bazasida bo’lib o’tadi. Avval xabar berganimizdek, 2020-yilgi ayollar o’rtasidagi U20 Osiyo chempionati saralash bellashuvlarining dastlabki bosqichi 2021-yil 17-21 mart kunlari o’tkaziladi. Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi,
Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan U16 O’zbekiston terma jamoasi uchun 2-9 dekabr kunlari o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etilmoqda. Toshkentda joylashgan “Chig’atoy” bazasiga yig’ilgan futbolchilarimiz kecha dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi. Bugundan Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlar terma jamoamizning umumiy guruh mashg’ulotlariga start beriladi. Yig’in doirasida ikkita o’rtoqlik o’yini o’tkazish rejalashtirilgan. Mazkur mashg’ulotlarga murabbiylar shtabi 25 nafar futbolchini jalb