U23 Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. 17-fevralga qadar poytaxtimizdagi “Chig’atoy” stadionida o’tadigan mashg’ulotlarga murabbiylar shtabi 26 nafar futbolchini jalb etdi. Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlarimiz yig’in davomida Superliga klublariga qarshi 3 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Dastlab, U22 terma jamoamiz “Andijon” klubi bilan bahs olib
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qatarda Klublar o’rtasidagi jahon chempionati musobaqasi bo’lib o’tmoqda. Ushbu nufuzli turnirda o’zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullayev ham faoliyat olib bormoqda. Ertaga ushbu musobaqa finalida Germaniyaning “Bavariya” va Meksikaning “Tigres” klublari to’qnash keladi. E’tiborlisi, final uchrashuvida hamyurtimiz inspektor sifatida ishlashi ma’lum qilindi. Bunga qadar, Farhod Abdullayev ushbu turnirning ochilish o’yini, ya’ni “Tigres”
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreyev boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Turkiy Kengash a’zo mamlakatlarida sportni, hususan futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, terma jamoalar hamda klublar o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish, futbol hakamlarini qayta tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari va federatsiyalari o‘rtasida har
Bilasiz, O’zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Dubay shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda. Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz bugun tongda sohil bo’yida tiklanish mashg’ulotlarini o’tkazdi. Odil Ahmedov “Tianjin Teda” klubi tomonidan Xitoy mamlakatiga chaqirilganligi sababli, ushbu yig’inda qatnasha olmasligi ma’lum bo’ldi. Temurxo’ja Abduxoliqov bugundan e’tiboran MTJ ixtiyoriga kelib qo’shildi.
Xabaringiz bor, JCH-2022 saralash bosqichi bellashuvlariga hozirlik ko’rayotgan O’zbekiston milliy terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini olib borish uchun bugun Dubay shahriga yetib bordi. Yig’in avvalida Vadim Abramovning murabbiylar shtabi tarkibida o’zgarish yuz berdi. O’zbek futboli ixlosmandlariga tanish bo’lgan Antonio Sarioglou endilikda jismoniy tayyorgarlik bo’yicha murabbiy sifatida milliy jamoamizda faoliyat olib boradi. Ma’lumot o’rnida, ushbu murabbiy 2018-2019