#TarixiyGollar rukni ostida e’tiboringizga turli yillarda milliy jamoamiz a’zolari tomonidan kiritilgan chiroyli gollarni havola qilib kelyapmiz. Bugun Osiyo kubogi-2019 doirasida Jaloliddin Masharipov tomonidan Turkmaniston darvozasiga kiritilgan golni yodga olamiz.
Kecha to’p uzatma yo’nalishiga qarab gol va uning muallifini topa olasizmi, deya savol bergan edik. Javob: JCH-2018 saralashi doirasida Aleksandr Geynrix Sardor Rashidovning pasidan so’ng KXDR darvozasini ishg’ol qilgan edi.
Aziz muxlislar, ayni paytda global miqiyosda Koronavirus infektsiyasi tarqalayotgani sabab quyida sizlarga koronavirusdan saqlanish bo’yicha muhim tavsiyalar bilan o’rtoqlashamiz: – Ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning; – Qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving; – Spirtli dezinfektsiyalovchi vositalardan foydalaning; – Farzandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling; – Yuz-ko‘zingizni toza bo‘lmagan qo‘l bilan aslo ushlamang;
Aziz futbol muxlislari, karantin davrida e’tiboringizga har kuni O’zbekiston terma jamoasi a’zolarining turli yillar davomida kiritgan chiroyli gollarini taqdim etib kelyapmiz. Bugun o’zbek futboli afsonasi – Mirjalol Qosimovning 2001-yilda Qatar darvozasiga ketma-ket urinishlardan so’ng kiritgan golini yodga olamiz. Golni tomosha qiling va baho bering!
Aziz futbol ishqibozlari, karantin davrida e’tiboringizga milliy terma jamoamiz a’zolarining turli yillarda kiritgan chiroyli gollarini havola qilib boryapmiz. Bugun Afro-osiyo kubogi doirasida 1995-yilda Andrey Fyodorov tomonidan Nigeriya darvozasiga kiritilgan golni yodga olamiz. Marhamat, tomosha qilib, baho bering!