U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazmoqda. 5-iyunda start olgan “Chig’atoy” bazasidagi ushbu yig’inga 25 nafar futbolchi jalb etilgan. Bosh murabbiy Olim Shokirov U16 O’zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni va oldindagi rejalari haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
Quyida mashgʼulotlardan olingan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
O’zbekiston U16 terma jamoasi Toshkentdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda Quyida mashgʼulotlardan olingan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ayni kunlarda futbol boʼyicha milliy terma jamoalar uchun oʼquv-mashgʼulot markazini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bugun O’FA konferensiyalar zalida xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu oʼquv-mashgʼulot markazi loyihasi taqdimoti boʼlib oʼtdi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi futzal bo’yicha Osiyo chempionati, o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionati hamda OCHL bahslari o’tkazilish sanalariga o’zgartirish kiritilgani haqida ma’lum qildi. Unga ko’ra, kattalar o’rtasidagi futzal bo’yicha Osiyo chempionati 4-15 noyabr kunlari Turkmanistonda bo’lib o’tadi. Shuningdek, Bahraynda o’tkaziladigan U16 Osiyo chempionati esa 25-noyabr – 12-dekabr kunlariga ko’chirildi. Bundan tashqari, Osiyo chempionlar ligasi G’arb mintaqasidagi guruh