Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ayni kunlarda futbol boʼyicha milliy terma jamoalar uchun oʼquv-mashgʼulot markazini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bugun O’FA konferensiyalar zalida xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu oʼquv-mashgʼulot markazi loyihasi taqdimoti boʼlib oʼtdi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi futzal bo’yicha Osiyo chempionati, o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionati hamda OCHL bahslari o’tkazilish sanalariga o’zgartirish kiritilgani haqida ma’lum qildi. Unga ko’ra, kattalar o’rtasidagi futzal bo’yicha Osiyo chempionati 4-15 noyabr kunlari Turkmanistonda bo’lib o’tadi. Shuningdek, Bahraynda o’tkaziladigan U16 Osiyo chempionati esa 25-noyabr – 12-dekabr kunlariga ko’chirildi. Bundan tashqari, Osiyo chempionlar ligasi G’arb mintaqasidagi guruh
Shu kunlarda OFKga a’zo assotsiatsiyalari bosh kotiblari hamda mintaqaviy assotsiatsiyalar rahbarlari uchun onlayn konferensiyalar bo’lib o’tmoqda. 4-6 iyun kunlari Janubiy va Markaziy mintaqalarda tashkil etilgan ushbu konferensiya 11-12 iyun kunlari Sharqiy mintaqada o’tkazilishi rejalashtirilgan. E’tiborli jihati, mazkur konferensiyada Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov xalqaro hamkorlik, futbol maʼmuriyatchiligi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi
Olim Shokirov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. Bahrayn davlati mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamiz 15-iyunga qadar mashg’ulotlarni davom ettiradi. E’tiboringizga mashg’ulotlardan tayyorlangan videolavhani taqdim etamiz.
Shu yili Bahraynda bo’lib o’tadigan U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18-iyun kuni bo’lib o’tadi. Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o’tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqaning yarim finaliga yetib borgan jamoalar 2021-yil Peruda tashkil etiladigan o’smirlar o’rtasidagi Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritadi. Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U16 terma jamoasi qur’a tashlash