Bugun Belarus Premier Ligasida 7-tur start oladi. Hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib borayotgan “Energetik BGU” klubi safarda “Smolevichi” jamoasi mehmoni bo’ladi. Uchrashuv soat 18:00da start oladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge oilaviy sport chellenjining birinchi bosqich 22-26-aprel kungi gʻoliblariga sovgʻalar yetkazib berildi. Tanlov natijalariga koʻra chellenjning 5-turida Toshkent shahridan Farmonqulovlar, Sirdaryo viloyati Guliston shahridan Toshmatovlar hamda Samarqand viloyati Narpay tumani, Oqtosh shahridan Rashidovlar oilalari sovrindorlar
Bugun O’zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Futbolchi 27 yoshga qadam qo’ydi. O’zbek futboli jamoatchiligi va muxlislar nomidan Sergeevni tabriklaymiz va unga faoliyatida omadlar tilaymiz.
Kecha to’p uzatma yo’nalishiga qarab gol va uning muallifini toping, deya savol bergan edik. Javob: Osiyo kubogi-2019 doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi bahsda Otabek Shukurovning ajoyib pasidan so’ng Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishg’ol qilgan edi.
O’zbek futboli afsonalarining O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolaridan iborat ramziy jamoalari bilan tanishtirib boramiz. #MilliyJamoa safida uzoq yillar mobaynida ishonchli o’yin namoyish etib, ko’psonli muxlislar olqishiga sazovor bo’lgan yaqin o’tmishning mohir darvozaboni – PAVEL BUGALO O’zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida turli yillarda o’ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoasini tuzib berdi. Pavel Bugalo uchun eng yodda qolarli