Bilasiz, O’zbekiston futzal terma jamoasi Tailandda tashkil etilgan “Continental” xalqaro turnirida ishtirok etdi. Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi jamoamiz 3-o’rin uchun Misrga qarshi kechgan bahsda 4-0 hisobida g’alaba qozonib, musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi. Bugun tunda futzalchilarimiz Bangkok-Istanbul-Toshkent havo reysi orqali Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi.
Bugun O’zbekiston futzal terma jamoasi Tailand mezbonlik qilgan “Continental” xalqaro turniridagi so’nggi uchrashuvi o’tkazdi. Futzalchilarimiz 3-o’rin uchun tashkil etilgan bahsda Afrikaning 3 karra chempioni Misr vakillari bilan kuch sinashdi. Anasxon Rahmatovning dubli hamda Ixtiyor Ropiyev va Akbar Usmonov tomonidan kiritilgan gollar yakunda futzal terma jamoamizga 4-0 hisobidagi yirik g’alaba bilan bir qatorda musobaqaning 3-o’rnini taqdim