Xabaringiz bor, kuni kecha Srechko Katanes Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi deb eʼlon qilindi. Bugun milliy jamoamiz aʼzolari “Bunyodkor” akademiyasi maydonida sloveniyalik mutaxassis murabbiyligi ostidagi birinchi mashgʻulotlarni oʻtkazishdi. Yigʻinning ilk kunida mahalliy futbolchilar bilan birga, Qozogʻiston hamda Xitoy chempionatida toʻp surayotgan legionerlar ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Kiyev shahridagi xalqaro xotira turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergandik. “JAR” majmuasida oʻtkazilgan soʻnggi nazorat oʻyiniga OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Server Jeparov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbat qurdi va kerakli koʻrsatmalar berdi. Ushbu 

Batafsil